14:59 / 31.10.2017
11 877

Erkaklarni asrang, ayollar!

Erkaklarni asrang, ayollar!
(yarmi hazil, yarmi chin)

Ro‘zg‘or degani o‘zi bir g‘or,
G‘orning bir talay yumushlari bor,
Bajarmoqqa ularni dastyor-
Erkak kerak, asrang erkakni.

Ayolim deb jonni tikmoqqa,
Ertayu kech terlar to‘kmoqqa,
Polizlarda ekin ekmoqqa,
Erkak kerak,asrang erkakni.

Bolasiga non tashimoqqa,
Yelkasida yuk yashamoqqa,
Og‘ir kunda cho‘g‘ ushlamoqqa,
Erkak kerak, asrang erkakni.

Uzum kesib tok o‘ramoqqa,
Qish paytlari qor kuramoqqa,
Bozorlarda qop sudramoqqa,
Erkak kerak, asrang erkakni.

Baland baland uylar qurmoqqa,
Tomorqada beda o‘rmoqqa,
Kuz chog‘ida anor ko‘mmoqqa
Erkak kerak, asrang erkakni.

Jaraq jaraq pullar topishga,
Do‘konlarga tinmay chopishga,
Buyurganda tayyor har ishga
Erkak kerak asrang erkakni.

Olib yurar mashinasida,
Gap ko‘p yiqqan xazinasida,
Suyar hayot har zinasida
Erkak kerak asrang erkakni.

To‘y hashamda ishlar ko‘p bo‘lar,
Har tamonda muammo to‘lar,
Shuncha ishni axir kim qilar?
Erkak kerak, asrang erkakni.

Qadoq bo‘lsa qo‘lu bilagi,
Mo‘ldir tillo uzuk ziraging,
Shudir har bir ayol tilagi,
(Busiz yo‘qdir erkak keragi)
Shunday ekan asrang erkakni.
Himoyat Nazarova, Sirdaryo viloyati

Manba: Fayzbof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erkaklarni asrang, ayollar!