
Bugun, 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi Novosibirsk bozorlarida mehnat qilayotgan o‘zbek yoshlari bilan uchrashdi.

Yoshlar Ittifoqi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Rossiyaga tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolarining kuzatishlari va o‘rganishlari davomida hududdagi bozorlarda savdo qilayotgan sotuvchilarning 60 foizdan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilgan.

Asosan, vodiy viloyatlari yoshlarini tashkil etgan savdogarlar bilan Davlat maslahatchisi samimiy muloqot qilib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob bergan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari mehnat qilayotgan yoshlarning yashash sharoitlari bilan tanishgan. Delegatsiya a’zosi, O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov ham yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, Davlat maslahatchisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiyaga safari 9 noyabrga qadar davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar