00:19 / 02.11.2017
6 415

Qadimiy tanga ishqibozlarining bojxonachilarga “o‘tkazolmagan” antiqa usullari

Qadimiy tanga ishqibozlarining bojxonachilarga “o‘tkazolmagan” antiqa usullari
Termiz arxeologiya muzeyining numizmatika bo‘limi mudiri Hojimurod Dautovning fikricha, O‘rta Osiyo tarixi bilan bog‘liq ko‘hna buyumlar dunyo kolleksionerlarning diqqat-markazida bo‘lishi tabiiy hol ekan.

“...Bunday qiziqishni yil boshidan bugunga qadar Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurgan 500 ga yaqin xorijiy sayyohlarning bu yerdagi eksponatlarga bo‘lgan katta e’tiboridan ham bilish mumkin.

Shunday ekan, ushbu tarixiy ashyolarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tiga urinishlar hamon uchrab turibdi”, deydi qadimiy tangalar bo‘yicha mutaxassis.

Hojimurod Dautovning ta’kidlashicha, o‘z faoliyatini 2002 yilda boshlagan Termiz arxeologiya muzeyida bugungi kunda 26 ming 685 dona numizmatika turkumidagi eksponatlar mavjud bo‘lib, ularning 3 mingdan ortig‘i Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan.

“...Bojxona chegaralarida aniqlanayotgan qonunbuzarliklarni tahlil qilar ekansiz numizmatika ishqibozlari tarixiy ashyolarni nazoratdan yashirish maqsadida antiqa usullarni o‘ylab topganiga guvoh bo‘lasiz. Masalan, qadimiy tangalarni tugma shakliga keltirib, ularni kiyimlarga qadab chiqishi yoki kiyim matolarining ulab tikilgan joylariga yashirishi, oyoq kiyimlarining poshna bo‘shliqlariga joylash, hatto stepler moslamasi ichiga taxlash kabi holatlar uchragan”, deydi Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimi Abduvohid Xo‘jamqulov.

Bojxona vakilining fikricha, o‘z vazifasini badarayotgan xodimlarimizning ziyrakligi, yo‘lovchilarning qo‘l va yuk bagajlari maxsus nazorat rengen apparatlaridan o‘tkazilishi tufayli tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan boyliklarimiz mamlakatimiz hududidan chetga olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘ymagan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qadimiy tanga ishqibozlarining bojxonachilarga “o‘tkazolmagan” antiqa usullari