
Minnesota universiteti mutaxassislari olib borgan izlanishlar haqiqatan vodoprovoddan oqib turgan suvni ichish salomatlik uchun xavfli ekanini ko‘rsatib berdi. Bunga suv tarkibidagi plastik sabab bo‘larkan. Ayniqsa, Amerikadagi vodoprovod suvi dunyoda eng kirlangan, zararli suv sifatida e’tirof etildi.
Ma’lum qilishlaricha, vodoprovod suvi tarkibidagi xuddi o‘sha plastik hajmi 0,05 millimetrga teng bo‘lib, tashqaridagi jami zaharli kimyoviy moddalarni o‘ziga singdiradi va bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri oshqozonga kirib boradi. Birinchi navbatda plastik ichaklarga ziyon yetkazadi. Shuning uchun olimlar vodoprovod suvini qaynatilgan holda ichishni tavsiya etishadi. Suv qaynaganda, zaharli moddalarga to‘yingan plastik yo‘qolib ketarkan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar