11:19 / 08.11.2017
5 899

Toshkentda “yevropa anjomlari"ni aldov orqali sotib yurgan “uddaburon siganlar” qo‘lga olindi

Тошкентда “европа анжомлари"ни алдов орқали сотиб юрган “уддабурон циганлар” қўлга олинди
Ichki ishlar idorasi xodimlari tomonidan aldov yo‘li bilan buyumlarni sotayotgan shaxslar aniqlanib qo‘lga olingani xabar qilindi.

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasiga bir necha nafar chet el fuqarolari Toshkent shahridagi bozorlardan har xil turdagi buyumlarni arzon narxlarda xarid qilib, ularni Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida fuqarolarga aldov yo‘li bilan qimmat narxlarda sotib kelayotganliklari haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabar asosida 5 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, tadbir davomida ikki nafar sigan (lo‘li, roma) millatiga mansub bo‘lgan, Moldova Respublikasi fuqarolari Pleshko Aleksandr (1991 yilda tug‘ilgan) hamda Chebotar Aleksandr (1987 yilda tug‘ilgan)lar aniqlangan.

Mazkur shaxslar Toshkent viloyatida joylashgan mehmonxonada vaqtincha yashab, Chilonzor tumanidagi “Abu Saxiy” bozoridan oshxona anjomlari, idish-tovoq komplektlari va shu kabi boshqa buyumlarni arzon narxlarda sotib olib, ularni Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning atrofida, bozorlarda hamda supermarketlarda go‘yoki mazkur buyumlar Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligini bildirib, xaridorlarni aldash orqali qimmat narxlarga sotib kelayotganliklari ma’lum bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda “yevropa anjomlari"ni aldov orqali sotib yurgan “uddaburon siganlar” qo‘lga olindi