
Bugun mamlakatimizda benzin narxlari keskin ko‘tarildi. Ushbu hodisadan oldinroq xabar topgan haydovchilar kecha tunda Toshkent shahridagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida (AYOQSH) uzun navbatlarni yuzaga keltirgani to‘g‘risida shov-shuvlar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 14 noyabrdagi 3386-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 15 noyabrdan benzin va dizel yoqilg‘isi narxi oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qaroriga ko‘ra, 15 noyabrdan eng arzon Ai-80 rusumidagi benzinning 1 litri narxi 3800 so‘m, Ai-91 markadagi benzin narxi esa 4300 so‘m bo‘ladi. Shuningdek, 1 litr dizel yoqilg‘isi 4100 so‘m, EKO dizel yoqilg‘isi esa 4200 so‘mga chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar