O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 22-25 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ldi.
Aynan mazkur davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlarining 25 yilligi ham munosib tarzda nishonlandi.
Koreyaning KTV kanali Facebook sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi aks ettirilgan maxsus videolavhani joyladi. Unda ikki mamlakat prezidenti bir-biriga iliq munosabat bildirib, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar katta hurmat va ishonchga asoslanganini ta’kidlashgan.
Mun Je In, Janubiy Koreya Prezidenti:
"Prezident Mirziyoyev bilan ilk bor uchrashib turgan bo‘lsam ham, xuddi eski qadrdonlardek bemalol, yaqindan suhbatlashdik. Ularning ikkinchi farzandlari oilasi bilan Koreyada bir necha yillar yashagani va nabiralari ham Koreyada tug‘ilgani, koreys tilini yaxshi bilishi haqida eshitib, juda xursand bo‘ldim.
O‘zbeklarda "Birinchi marta uchrashgan odam - tanish, ikkinchi marta ko‘rishganda odam - do‘st, uchinchi marta uchrashganda esa bir oilaga aylanadi", degan maqol bor ekan. Kelasi safar Prezident Mirziyoyev bilan ko‘rishganimizda bir oilaga aylanamiz, deb o‘ylayman.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti:
"Ikki davlat o‘rtasida tarixiy ildizlar mavjud bo‘lib, u davom etmoqda. Hattoki, bizning oilamizda ham nabiramning Koreyada dunyoda kelgani ham ko‘p narsani anglatadi.
Koreys maqoliga ko‘ra, "Qiyin vaziyatda topilgan do‘st - chinakam do‘stdir". Bu bizning o‘zbek xalq maqoliga juda ham o‘xshaydi: "Do‘st boshga kulfat tushganda bilinar". Bugungi kunda O‘zbekistonda 200 mingdan ortiq koreys yashaydi. Ular o‘zlariga ikkinchi Vatanni kashf etishdi, yurtimizning munosib o‘g‘il-qizlari, biz chindan-da faxrlana oladigan qadrli fuqarolariga aylanishdi". “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi