06:17 / 01.12.2017
4 596

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan 101 yoshli ayol «Odnoklassniki» va Skype orqali muloqot qiladi

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan 101 yoshli ayol «Odnoklassniki» va Skype orqali muloqot qiladi
Rossiyaning Bratsk shahridagi qariyalar internat-uyida yashovchi 101 yoshli Nadejda Myagkix «Odnoklassniki» va Skype tarmoqlaridan foydalanadi. Muassasadagi eng yoshi katta internet foydalanuvchisi o‘tgan yilda bir asrlik dovondan oshgan edi. Bu haqda «1news.uz»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Nadejda Petrovna internetga birinchi marta besh yil avval kirgan. O‘shanda u kompyuterni ham birinchi marta ishlatib ko‘rgan. Bunda u hech qanday kursga qatnamagan. Internetda ishlashni unga nabirasi o‘rgatgan. Bu nabiraning o‘zi ham allaqachon nafaqaga chiqqan.

Nadejda Myagkixning so‘zlariga ko‘ra, unda dastlab planshet bo‘lgan. Keyin esa nabirasi unga noutbuk sovg‘a qilgan. Nabira avval noutbukni yoqish va o‘chirishni, so‘ngra esa internetda ishlashni o‘rgatgan.

Nadejda Petrovnaning «Odnoklassniki»da 45 ta do‘sti bo‘lib, u nabiralari, evaralari va chevaralari bilan gaplashadi. U nafaqat ijtimoiy tarmoqlarni ishlatadi, balki o‘yinlar o‘ynaydi.

U qarindoshlariga xalaqit bermaslik uchun o‘z xohishi bilan qariyalar uyiga kelgan va bu yerda 20 yildan buyon yashamoqda. Kutubxonachilardan birining so‘zlariga ko‘ra, u muassasada bir necha yil sardor bo‘lgan va yaxshi obro‘ga ega. U hatto o‘zi uchun tushlik tayyorlay oladi.

Nadejda Myagkix O‘zbekistonda tug‘ilgan, bir necha yil Qozog‘istonda yashagan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida uch nafar farzandi bilan Stalingradda bo‘lgan. 1990 yillarning o‘rtasida Qozog‘istondan Sibirga ko‘chib ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan 101 yoshli ayol «Odnoklassniki» va Skype orqali muloqot qiladi