Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan bu yil sinov tariqasida O‘zbekistonda 11 yillik ta’lim qaytadan joriy qilingan edi.
Prezidentning tashabbusi bilan endi maktablarda tayyorlov kurslari ochiladi. Ya’ni maktablar o‘n yillik bo‘lib, maktab yoshidagi bola bir yil oldin maktabga tayyorlanadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali marosimdag nutqida aytib o‘tdi.
Prezident ta’limdagi islohotlar haqida gapirar ekan, “Maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashish bugungi kunning talabidir”, deydi.
“Yurtimizning barcha joylarida, eng olis hududlarida ham maktabgacha, ta’lim muassasasi tashkil etiladi. Bu eng avvalo onalar uchun muhimdir. Ular farzandining sifatli tarbiya olishi, maktabga tayyorlanishi uchun birinchi o‘rindagi vazifadir. Qolaversa, bog‘chaga bormagan bola bilan borgan bolaning o‘rtasida katta farq bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qiladi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
Suriyada isyonchilar faollashdi. Bu Rossiyaga qarshi yangi frontmi?