O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, javobgarlikdan ozod etilgan yurtdoshlarimiz o‘z oilasi, ota-onasi bag‘rida farovonlikda hayot kechirmoqda.
Qashqadaryolik Jasur Karimov ham ana shunday diniy oqim a’zosi bo‘lib qolganini o‘zi ham bilmay qoldi. Balki, o‘quvsizligi yoki ishonuvchanligi bunga sabab bo‘lgandir. Buning natijasida u diniy oqim a’zolari ro‘yxatiga tushib qoladi va 5 yil davomida Rossiyada qochib yuradi.
- Rossiyada yurgan vaqtim atrofimdagilar “O‘zbekistonga qaytsang qamab qo‘yishadi, uydagilaringni tinch qo‘yishmaydi” deb juda qo‘rqitishardi, - deydi Jasur Karimov. – Mana qaytib keldim, hech kim o‘zimni ham, oila a’zolarimni ham bezovta qilishmayapti. Hozirda ishga joylashdim. Mana shunday buyuk baxtni Prezident berdi.
Bu ishonchga sadoqat bilan yondoshishga va Vatan koriga yaraydigan sodiq farzand bo‘lishga va’da beraman.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Islom faqat nurli hayotga, ilm-ma’rifatga, yaxshilikka undaydi. Hech qachon xunrezlik, qotillik, zo‘ravonlikka chaqirmaydi. Ana shu haqiqatni tan olmasdan, soxta g‘oyalarga aldanib, zararli oqimlarga kirish, terrorchi bo‘lish – bu O‘zbekiston xalqiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi!”.
- Yoshlar ittifoqining eng asosiy vazifalaridan biri diniy oqimlarga adashib kirib qolgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlashdan iboratdir, - deydi Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Sh.Sattarov.
– Shu maqsadda ular bilan yakka tartibda uchrashuvlar tashkil etib kelmoqdamiz. Bu kabi uchrashuvlarning o‘tkazilishidan asosiy maqsad, yoshlar bandligini ta’minlash, turli xildagi jinoyatlarning oldini olish, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashdir.
Birgina diniy ekstremizm oqim faoliyatiga a’zo bo‘lgan shaxslarni maxsus ro‘yxatdan chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarda ham bu kabi xislatlar bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘lmoqda.
Ha, davlatimiz, xalqimiz mehribon. Xato qilganni kechirib, yiqilganni suyaydi. Unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, qaddini tiklab qaytadan jamiyatning faol a’zosiga aylanishiga imkoniyat beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi