20:10 / 16.12.2017
10 984

Jizzax dovonidagi ayanchli YTH sabablari ma’lum bo‘ldi...

Jizzax dovonidagi ayanchli YTH sabablari ma’lum bo‘ldi...
Ijtimoiy tarmoqlarda, Toshkentdan Termizgacha davom etadigan M39 yo‘lining Jizzax viloyatidan o‘quvchi qismida sodir bo‘lgan YTH, so‘nggi kunlarda eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘ldi. Ushbu YTH oqibatida ro‘y bergan vaziyatni o‘zida aks ettirgan videoning tarqalib ketishi oqibatida esa muhokamalar ko‘payib ketdi.

Yo‘lda davom etayotgan yuk avtomashinasining to‘xtash qismida kelib chiqqan nosozlik tufayli sodir bo‘lgan voqeada, bir necha avtomashinalar kuzoviga jiddiy shikast yetgani hamda ko‘pchilikga jabr yetganini ko‘rish mumkin.

Jizzax viloyati IIB bu YTH natijasida bir kishi halok bo‘lgani hamda ikki kishi turli darajadagi tan jarohati olganini xabar qilgan.
Shuningdek, Jizzax viloyati IIBB Matubot xizmati, bu YTH 2017 yilning 5 dekabr kuni sodir bo‘lgani hamda unda 10 dan ziyod kishini o‘lgani haqidagi xabar yolg‘on ekanligini ta’kidladi.

YTH esa aslida, M39 yo‘lining Sharof Rashidov tumanidan o‘tgan qismida, 39 yoshli yuk avtomashina haydovchisi texnik nozoslik tufayli avtomashina boshqaruvini yo‘qotgani sababli, joriy yilning 10 noyabr kuni sodir bo‘lganligi qayd etildi.
YTHda jabr ko‘rganlarga o‘sha zahotiyoq, tezkor yordam qilish choralari ko‘rilgan bo‘lib, hozirda bu borada tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzax dovonidagi ayanchli YTH sabablari ma’lum bo‘ldi...