Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
16 dekabr kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari uchrashuvda asosiy diqqat-e’tibor, sa’y-harakatlar hududlar va tarmoqlarni izchil rivojlantirish, aholining hayotiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda ular uchun munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratilishi zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuvda Prezident mahalla hududini obodonlashtirish, aholining turmush farovonligini ta’minlashdagi samarali mehnatlari uchun Qo‘ng‘irot tumanidagi eng olis hudud – “Qoraqalpog‘iston” posyolka fuqarolar yig‘inini xizmat mashinasi bilan ta’minlash borasida topshiriq bergan edi.
O‘zAning xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi Shavkat Javlonov Prezident sovg‘asi – O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Nexia” avtomashinasining kalitini posyolka fuqarolar yig‘ini raisi Qutli Qo‘shimbetovaga topshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda