17:24 / 22.12.2017
7 684

O‘zbekistonda viloyatlar o‘rtasidagi barcha yo‘l-patrul postlari tugatiladi

O‘zbekistonda viloyatlar o‘rtasidagi barcha yo‘l-patrul postlari tugatiladi
Hozirgi vaqtda viloyatlar o‘rtasida yo‘l-patrul postlarining eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tayotgan videoselektorda ushbu masalaga ham to‘xtalib, o‘rnatilgan tizimni qattiq tanqid ostiga oldi. Oddiy odamlar, haydovchilarni qiynayotgan muammolarni o‘rtaga tashladi. Haydovchilarning ko‘p vaqti postlarda o‘tayotganini aytdi.

“O‘zingiz o‘ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bo‘lsa, yo‘lda 17 ta postdan o‘tadi. Farg‘ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi”, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish, patrul xizmati statsionar postlari sonini keskin kamaytirish lozimligini ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda viloyatlar o‘rtasidagi barcha yo‘l-patrul postlari tugatiladi