20:59 / 22.12.2017
8 516

Mirziyoyev videoselektorda faqat bir kishining mehnatini e’tirof etib, rahmat aytdi...

Mirziyoyev videoselektorda faqat bir kishining mehnatini e’tirof etib, rahmat aytdi...
Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga murojaatida O‘zbekistonning investitsiya jozibadorligini oshirish, xorijiy sarmoyalar va chet ellik sayyohlarni keng jalb etish O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalarining asosiy vazifalaridan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

“Barcha elchilar eshitsin, Yangi yildan boshlab ish uslubi o‘zgaradi. Agar har haftada investitsiya bo‘yicha aniq takliflarni bermasa, O‘zbekistonga hech bo‘lmaganda 10 nafar turist jo‘natmasa bunday elchi bizga kerak emas. Sayyohlik ham – investitsiya. Tashqi ishlar vaziri haftada ikki marta elchilar bilan gaplashib, nechta sayyoh keladi, qanday investitsiya kiritiladi, elchi qaysi zavodlarga bordi, qaysi mahsulotlar arzon, qanday texnologiya olib kelsa bo‘ladi, mana shularni muhokama qilishi kerak”, deydi Prezident.

Videokonferensiya aloqa shaklida o‘tgan majlisda O‘zbekistonning butun dunyodagi diplomatik vakolatxonalari vakillari ham qatnashdi.

O‘zbekistonning Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchilari aloqaga chiqib, Prezidentning tashriflaridan so‘ng ushbu mamlakatlar bilan hamkorlik yanada faollashganini, qo‘yilayotgan vazifalar asosida elchixonalar faoliyati yangicha mezonlar asosida tashkil etilayotganini qayd etdi.

Prezident ushbu yig‘ilishda bir kishiga minnatdorlik bildirdi. U ham bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Baxtiyor Saidov bo‘ldi.

Prezident Saidovning hisobotini eshitib, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida amalga oshirayotgan sa’y-harakatlariga minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi sifatida joriy yilning iyul oyi oxirida ish boshlagan edi. Bungacha “O‘zbekengilsanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari–bosh menejeri lavozimida ishlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev videoselektorda faqat bir kishining mehnatini e’tirof etib, rahmat aytdi...