
“Har bir huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining ish foaliyatini yuritishda Konstitutsiyaviy normalar bor.
Ular u normadan chiqishiga haqqi yo‘q. Ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati, Prokuratura, sudlar o‘z ishi bilan shug‘ullansin. Har bir hududda shu idoralar vakillari hokimga bo‘ysunadi. Hokim viloyatda Prezidentning vakili, bu masalani muhokama qilishga hech kimning haqqi yo‘q”, dedi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida.
Prezident davlat tashkilotlaridagi sansalorlik va korrupsiya masalasiga ham e’tibor qaratdi:
“Ayniqsa, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘tirib olgan “chinovnik”lar faoliyatida otangga bor, onangga bor qabilidagi sansalorlik avjiga chiqqan. Bunday holga endi toqat qilib bo‘lmaydi”.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar