18:04 / 23.12.2017
19 688

Soliqchilar yangi namunadagi formali kiyim-boshga o‘tishmoqda

Soliqchilar yangi namunadagi formali kiyim-boshga o‘tishmoqda
Joriy yilda Prezidentimizning soliq tizimini takomillashtirishga oid bir qator muhim farmon va qarorlari qabul qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5116-sonli farmoni hamda 1 avgustdagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori tizim faoliyatiga qaratilayotgan katta e’tibordan darak.


Muhim masalalardan yana biri, bu Vazirlar Mahkamasining shu yil 27 iyuldagi «Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining yangi formali kiyim-boshi va uni farqlovchi belgilarini joriy etish to‘g‘risida»gi 545-sonli, 28 avgustdagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 677-sonli qarorlari qabul qilinishi, Prezident va Hukumatimizning tizimimiz faoliyatiga berilayotgan e’tiboridir.

Buning ijobiy natijalarini Jahon banki tomonidan e’lon qilingan «Biznesni yuritish -2018» xalqaro reytingda O‘zbekiston 13 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, 190 ta mamlakat orasida 74-o‘rinni egallagani va bu sohada jahondagi eng ilg‘or 10 ta islohotchi davlat qatoridan joy olganligida ham ko‘rish mumkin.



Qayd etish kerak-ki, mazkur reytingda Jahon banki tomonidan soliq organlari faoliyatiga ham yuqori baho berilib, «Soliq solish» ko‘rsatkichi 60 pog‘onaga yuqorilab, 138-o‘rindan 78-o‘ringa ko‘tarildi.

Albatta, bularning bari prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirlayotgan oqilona siyosat hamda soliq sohasidagi islohotlar natijasidir.

Oxirgi besh yilda soliq organlari uchun yangi 7 ta ma’muriy bino qurildi, 11 ta ma’muriy binoda rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari to‘liq bajarildi.


Vazirlar Mahkamasining shu yil 27 iyuldagi «Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining yangi formali kiyim-bosh va uni farqlovchi belgilarini joriy etish to‘g‘risida»gi 545-sonli qaroriga asosan 2017 yilning 1 sentyabridan boshlab davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun yangi namunadagi formali kiyim-boshga o‘tildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliqchilar yangi namunadagi formali kiyim-boshga o‘tishmoqda