Rossiyaning bosh Qorbobosi Chechenistonga keldi

Rossiyaning bosh Qorbobosi Chechenistonga keldi
Rossiya Federatsiyasining bosh Qorbobosi Checheniston Respublikasiga tashrif buyurdi. Uni Grozniy aeroportida mamlakat rahbari yordamchisi, Grozniy meri Muslim Xuchiev, madaniyat vaziri Xochi Baudi Daaev va yoshlar ishi bo’yicha ministr Isa Ibragimovlar qarshi olishdi.

Xabarda aytilishicha, Qaobobo tashrifi 1 kun davom etadi va u mazkur tashrif davomida mamlakat rahbari Ramzan Kadirov bilan uchrashadi, bir nechta maktablarga tashrif buyuradi va Prezident archasi tantanasida ishtirok etadi.

Eslatib o’tamiz, mazkur yilning noyabr oyida Ramzan Kadirov Qorboboni Checheniston Respublikasiga taklif qilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar