
Ular Toshkent bozorlarida xuddi shunday sifatsiz, aynigan, o‘lib qolgan qoramol go‘shtini qariyb 10 yildan beri mijozlarga pullab kelgan. Ushbu jinoiy guruh yetakchisi 40 yoshli qashqadaryolik erkak Bahrom Haydarov bo‘lib chiqdi.
Guruh a’zolari Qashqadaryodagi qassoblar, olibsotarlar va veterinarlar orqali ma’lumot to‘plashgan. Aniq ma’lumot yetkazgan shaxsga 15 dan 50 minggacha «mukofot» puli to‘langan. Keyin esa bu go‘shtlarning har bir kilosi 10-15 ming so‘mdan sotib olingan. Chirchiq tuman veterinariya bo‘limidagilar ularga qalbaki hujjatlar, ruxsatnomalar tayyorlab bergan. Xuddi shu veterinariya bo‘limidagilar aksar hollarda jinoiy guruhga ma’lumot yetkazish bilan ham shug‘ullangan.
So‘ngra aynigan, o‘lgan qoramol go‘shtini Toshkentda guruh «moliyachi»si Hayrulla Sapiyev qabul qilib olgan. Keyin Zangiota, Toshkent tumanlaridagi yashirin sexlarga olib borib qayta ishlattirgan. Ana shundan keyin bozorlarda shu go‘shtlarning kilosi 25-30 ming so‘mdan sotilgan.
Ushbu fakt yuzasidan jinoyatga aloqador shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar