10:10 / 30.12.2017
6 441

Olimlar organizmda “ichki tarozilar” borligini aniqlashdi

Olimlar organizmda “ichki tarozilar” borligini aniqlashdi
Gyoteborg universiteti olimlari organizmda tana vaznini tartibga solib turuvchi ichki tizim borligini aniqlashdi. Tegishli tadqiqot Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar tajriba o‘tkazishib, sichqonlarga og‘ir kapsulalar implantatsiya qilishdi. Ikki haftadan keyin sun’iy “ortiqcha vazn”ga ega sichqonlar kamroq oziqlana boshlaganlar va organizmlaridagi yog‘ning ancha qismini yo‘qotishgan. Ta’kidlanishicha, sichqonlar ularga kiritilgan sun’iy yuk qancha bo‘lsa, shuncha miqdorda vazn yo‘qotishgan.

Olimlar organizmda “ortiqcha vaznni qayd qiluvchi” mexanizm mavjud bo‘lib, u miyaga oziqlanishni kamaytirish haqida signal jo‘natadi, degan xulosaga kelganlar. Mutaxassislarning fikricha, bu jarayon osteotsit tomondan nazorat qilinadi.

Osteotsit umurtqali jonzotlar, jumladan insonning suyak to‘qimasi ichida joylashgan maxsus turdagi hujayralar hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar organizmda “ichki tarozilar” borligini aniqlashdi