
Haqiqat tarozida tosh bosmaydi.
Qorinning aqli bo‘lmaydi!
Tekinning oshi mazali.
Qalam ahli — salom ahli.
Aldashni bilmagan amaldor bo‘lolmaydi.
Olg‘a, ammo mening ortimdan.
(Mamarasul Boboyev)
Fikrning jinsi bo‘lmaydi.
Aqlli odamlarni aldash qanchalar oson!
Bulg‘anmagan odam odammi?!
Pulning egasi yo‘q.
Haqiqatan, inson ahmoqligining chek-chegarasi yo‘q.
(Salvador Dali)
Ma’naviyat daromadga yarasha.
Jurnalistning ko‘zi hamisha ochiq, cho‘p tushaveradi!
Muhtojlik eshikdan kirib kelaversa, muhabbat tuynukdan qochadi.
O‘sib borayotgan narsalarning barchasini ham qirqaverma.
O‘zining qadriga yetgan qul — qul emas.
Kambag‘alning boyligi — sabr.
Og‘rimagan kalla — kalla emas!
Inson — azob-uqubatlarni tajribadan o‘tkazuvchi jonzotdir.
Boshliqning iltimosi buyruq.
Duming likillab tursa — olg‘a ketish osonlashadi.
Ochlikdan to‘qlik yaxshi.
Amaldorning to‘yi — poraning yo‘li.
Bor — boricha, yo‘q ham — boricha...
Kelin — pogonsiz melisa.
To‘yingda dushmaning pul sochadi.
Yaxshi o‘zbek jurnalistining to‘rtta uyi bor.
Qaynoq taomda baraka bo‘lmaydi.
Jurnalistning tili uzun, qo‘li kalta.
Kelgusi yil narx-navo oshmaydi.
Manba: Dia.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar