O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Urgut tumani 46-umumta’lim maktabi Yoshlar yetakchisi Firdavs Ochilov o‘z xonasini o‘quvchilar talpinadigan, rejalari va maqsadlari bilan bahsga kirishadigan maskanga aylantirgan, deb yozadi O‘zA.
Bugun uning hayotidagi unutilmas kun. O‘zgalarga yordam qo‘lini cho‘zish, kam ta’minlanganlarga beminnat yordam ko‘rsatish, og‘irini yengil qilishga o‘rgangan yigit bu gal ham navbatdagi savobli ishga qo‘l urdi.
Firdavs Ochilov o‘z nikoh to‘yi arafasida Yoshlar ittifoqi Urgut tuman Kengashiga murojaat qilib, tumandagi kam ta’minlangan oilalar farzandlari ro‘yxatini oldi. U o‘z to‘yida ularning sunnat to‘yini qo‘shib o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Uning tashabbusi to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Bugun Firdavs Ochilov tumandagi kam ta’minlangan 5 nafar oila farzandlarining sunnat to‘yini o‘z to‘yiga qo‘shib o‘tkazib berdi.
Bu tashabbusni Urgut tuman hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi qo‘llab-quvvatladi. Nikoh va sunnat to‘yida ishtirok etib, o‘z sovg‘alarini taqdim etdi.
— Savob ish, avvalo, amalga oshirgan insonning ko‘nglini poklaydi. Men bugun o‘zimni ikki karra baxtli his qilyapman. Bu bolalar kelajakda yaxshi bilim olib, vatanimizga, xalqimizga xizmat qiladigan yigitlar bo‘lishiga ishonaman, — deydi Firdavs Ochilov.
Hozirgina kuy-qo‘shiq sadolari tindi. Ixchamgina o‘tgan to‘y yig‘ilganlar ko‘nglini ham shod etdi! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi