23:00 / 31.12.2017
4 110

RIA "Novosti" Shavkat Mirziyoyevning birinchi prezidentlik yili natijalari haqida

 РИА "Новости" Шавкат Мирзиёевнинг биринчи президентлик йили натижалари ҳақида
Prezidentligining birinchi yilida Shavkat Mirziyoyev davlatni yangi bosqichda rivojlantirishga qaratilgan 100 dan ortiq farmon va qarorlarni imzoladi, shuningdek, hukumatda va joylardagi hokimiyat organlarida jiddiy o‘zgarishlar qildi, deb xabar beradi Rossiyaning "Novosti" axborot agentligi O‘zbekiston rahbari faoliyatining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan tahlilda.

Ishbilarmonlik sohasida ham salmoqli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda: korxonalarni rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsman instituti joriy etildi, ishbilarmonlik muhitida aniqlangan xatolar, noto‘g‘ri hisoblashlar, tazyiq o‘tkazishlar hamda sansalorliklar uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev hukumat a’zolaridan hisobot talab qiladi. 2005 yilda O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlardan qoniqmagani uchun o‘z faoliyatini to‘xtatgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki noyabr oyida qaytadan faoliyat yurita boshladi.

Sentyabr oyida O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘mning erkin konvertatsiyasi ochilganligi Shavkat Mirziyoyev prezidentligining birinchi yilidagi eng asosiy yutuqlardan bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Asambleyasining 72-sessiyasida terrorizmga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotgani, odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekanini qayd etdi.

«Novosti»da ta’kidlanishicha, Prezident mamlakatda mazkur vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan yangi islom markazlarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan. O‘zbekiston, shuningdek, «Human Rights Watch» huquqni himoya qilish tashkiloti bilan muloqotni qaytadan yo‘lga qo‘ydi, ko‘p yillar mobaynida birinchi marta BMTning e’tiqod erkinligi haqidagi masalalar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shohid respublikaga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston rahbari, shuningdek, mintaqalarga tashrifi chog‘ida o‘z hayotini ekstremistik faoliyat bilan bog‘laganlarning yaqin qarindoshlarini ijtimoiy hayotdan chetlatish amaliyotini davom ettirmaslik zarurligini ta’kidladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, "qora ro‘yxat"dagi 16 ming kishi allaqachon normal hayotga qaytgan. Prezident ekstremistik diniy oqimlarda ishtirok etgan va to‘g‘ri yo‘lga qaytishni istamaganlarni O‘zbekiston fuqaroligidan mahrum qilishga tayyorligini qat’iy ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qildi hamda oddiy odamlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun Virtual qabulxona ochdi va bu orqali milliondan ortiq murojaatlarda ko‘tarilgan muammolar ijobiy hal etildi.

Prezident mahalliy OAVdagi mamlakatning birinchi shaxsi imijiga bo‘lgan an’anaviy yondashuvlarni ham o‘zgartirmoqda. Bir necha yil oldin internet tarmoqlaridan suratini qidirib topish mushkul bo‘lgan yangi prezident «Facebook» hamda «Telegram» ijtimoiy tarmoqlarida o‘z sahifasini ochgan.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » RIA "Novosti" Shavkat Mirziyoyevning birinchi prezidentlik yili natijalari haqida