date

Misrda halokatga uchragan A321 avialaynerining komandiri aslan o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi

Misrda halokatga uchragan A321 avialaynerining komandiri aslan o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi

“Rossiyskaya gazeta” nashriga asoslanib Kun.uz sayti xabar qilishicha, Misrda halokatga uchragan A321 avialaynerining komandiri Valeriy Nemov 1967 yilda Toshkentda tug‘ilgan.

Keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, u Stavropolda uchuvchilikka o‘qigan. So‘ng Gorkiy viloyatida, Norilskda, Surgutda ishlagan, 5 yil muqaddam esa Moskvaga ko‘chib o‘tgan.

Uning ota-onasi SSSRning qulashidan so‘ng O‘zbekistondan Rossiyaga ko‘chib o‘tgan va Volgograd viloyatidagi Rudnya qishlog‘ida istiqomat qilib kelgan. Yiliga bir necha marta Valeriy onasini ko‘rgani bu erga kelgan. Shuningdek, pensiyaga chiqqanidan so‘ng u shu qishloqda yashashni rejalashtirgan.

“Valeriy Nemov bolaligidanoq osmondan boshqa narsani o‘ylamasdi, - eslaydi uning xolasi Tatyana Peterson. – Uning Toshkentdagi xonasi samolyotlarning suratlariga to‘la edi. O‘qishi ham yaxshi edi. Uning onasi Valentina Aleksandrovna ota-onalar majlislariga borishni yaxshi ko‘rar edi, negaki u erda farzandini har doim maqtashar edi”.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Misrda halokatga uchragan A321 avialaynerining komandiri aslan o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi