2017 yilning 28 dekabrdan 29 dekabr kuniga o‘tar kechasi, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan ayollarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent ShIIBB xabar berdi.
Mazkur tadbir davomida 1987 yilda tug‘ilgan J.R.M. va 1997 yilda tug‘ilgan J.S.J. Yunusobod tumani hududida joylashgan «AURUM» tungi klubiga kirib, shu yerda fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida mijozlar — Afg‘oniston Respublikasi fuqarolari 1989 yilda tug‘ilgan X.S.S. va 1987 yilda tug‘ilgan X.A.O. bilan tanishib, ular bilan jinsiy aloqa qilish uchun Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan xonadonga borganliklari aniqlangan.
Tekshiruv davomida J.R.M. Surxondaryo viloyatida, J.S.J. esa Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda bo‘lsalar-da, Toshkent shahriga kelib, fohishalik bilan shug‘ullanganliklari ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 190 va 223-moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, Afg‘oniston Respublikasi fuqarolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi