12 944
Prezident: "1 kg. go‘shtning narxi aslida 250 ming bo‘lishi kerak. Hozir amallab narxni ushlab turibmiz»
Bugun Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyatda go‘sht tanqisligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.
«Hozirgi devalvatsiya sharoitida 1 kg. go‘shtning narxi aslida 250 ming bo‘lishi kerak. Hozir amallab narxni ushlab turibmiz», deya prezidentning so‘zlarini keltirgan «Xabar.uz».
Prezident Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida yiliga 12 ming tonnalik baliqchilik xo‘jaligi barpo etilishini qo‘shimcha qilgan. Bu orqali qaysidir darajada go‘sht narxini ushlab turish mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil yozidan viloyatlar bozorlarida go‘sht mahsulotlari uchun muayyan narx belgilab qo‘yilgan, qassoblarga 1 kg go‘shtni 20-25 ming so‘mdan ortiq narxda sotmaslik ko‘rsatma qilingandi. Ammo narxni majburan pasaytirish o‘zini oqlamadi, ayni vaqtda bozorda 1 kg go‘sht narxi 35-40 ming so‘m atrofida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas