5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbari viloyatda islohotlar va vazifalarni bajarilishiga tanqidiy baho berib, o‘zini o‘ylagan Prezident bajarmaydigan alohida islohotga e’tibor qaratdi.
«2017 yil 15 dekabrdagi Prezident farmoniga muvofiq, mahalliy byudjet ijrosini ta’minlash, viloyat, tuman Xalq deputatlari Kengashilarining rolini oshirilgani va qo‘shimcha vakolatlar berilganini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Mahalliy byudjetlar ixtiyorida soliqlarning hammasini qoldirib, mablag‘larni Respublikaga byudjetiga olib qo‘yilishiga chek qo‘yildi. O‘zini o‘ylagan Prezident bunday qilmaydi, men o‘zimni o‘ylamadim, xalqni o‘yladim», deb qat’iy ta’kidladi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga har bir deputatdan tortib, hududdagi barcha tashkilot rahbarlari birdek javob beradi.
«Farmonga muvofiq, mahalliy byudjet prognozini bajarish, soliq qarzdorligining kamayishi va byudjet daromadlarining qo‘shimcha zaxiralarini aniqlashni ta’minlagan moliya va soliq organlari rahbarlari maoshlarining 50 foizgacha miqdorda mukofotlanadi, bajarmaganlar esa 30 foizgacha jarimaga tortiladi. Hamma rahbarlar bir narsa bilib olishi kerak: byudjetni bajarmaslik - xiyonat. Aslida byudjet odamlarning kayfiyati, ularning oylik maoshi va pensiyasi, bolalarning nafaqa puli sanaladi», deb fikr bildirgan Shavkat Mirziyoyev.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi