
“O‘zstandart” agentligi tomonidan jahon bozorida allaqachon o‘z o‘rnini topishga ulgurgan “Halol” standarti qabul qilindi.
Xalqimiz, xususan, musulmon olamida luqmaning halol bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda “Halol” belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Lotin Amerikasi davlatlari, Yangi Zelandiya va Tailand kabi mamlakatlarda ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Dunyo aholisining taxminan 1,8 milliardini, ya’ni yer aholisining 24 foizini musulmonlar tashkil etadi. Bu ham “Halol” belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talabning yanada oshishini ta’minlamoqda.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan “Halol” standartining qabul qilinishi, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligini yuqori standart talablari asosida ta’minlashga zamin yaratadi.
“O‘zstandart” agentligi yuqoridagi video orqali “Halol” standartining joriy qilinishini izohlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar