14:02 / 12.01.2018
6 950

Navoiylik 4 tilni biladigan yigit sud zalidan ozod qilindi

Navoiylik 4 tilni biladigan yigit sud zalidan ozod qilindi
Navoiylik Elyor Bo‘riyev namunali oilaning farzandi edi. Nima ham bo‘ldiyu to‘rt tilni biladigan bu yigitcha jinoyat ko‘chasiga kirdi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish ochildi. Sud 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish yuzasidan qaror chiqardi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi raisining aralashuvi, sudda jamoat himoyachisi sifatidagi ishtiroki sabab Bo‘riyev sud zalidan ozod etildi.

Yoshlar ittifoqining Navoiy viloyati va Navoiy shahar Kengashi tomonidan uning harakatlari o‘rganib tahlil qilib chiqildi. Tahlil natijalari Elyor Bo‘riyevning ota-onasi ishtirokida muhokama qilinib, uni Yoshlar kafilligiga olishga qaror qilingan.

Ma’lumot uchun, Elyor Bo‘riyev Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Xitoy Xalq Respublikasining “HENAN” universitetiga hujjat topshirib o‘kishga kirgan edi. Ushbu universitetda 2016 yilning 10 sentyabrdan 2017 yil 30 iyuniga qadar taxsil olib, u yerni a’lo baholar bilan tugatgan. Xitoy, ispan, rus, ingliz tillarini mukammal biladi.

“Men avvalambor Prezidentimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.O‘zimga, bilimimga ishonaman, va’da beraman kelajakda yurtimga nafi tegadigan yetuk kadr bo‘laman. O‘zbekiston va Xitoy xalqi bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatishga, yurtimning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shaman”, deydi Bo‘riyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiylik 4 tilni biladigan yigit sud zalidan ozod qilindi