O‘zbekiston Milliy matbuot markazida juma kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot-xizmati jurnalistlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazdi, deya xabar beradi Sof.uz.
Prezident matbuot kotibi — prezident Devoni rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev faoliyatida qabul qilinayotgan Qaror, Farmon va Farmoyishlarni keng jamoatchilikka tezkor va xolisona yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot-xizmati huzurida Press xoll faoliyati tashkillashtirilganini ma’lum qildi.
«Press xollda shuningdek, prezidentimiz tomonidan Hukumatimiz, Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari oldiga qo‘yilayotgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan OAV vakillari bilan matbuot-anjumanlari tashkil etiladi», — dedi Komil Allamjonov.
Allamjonov shuningdek, Press xoll faoliyati prezident Shavkat Mirziyoyevning «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» g‘oyasidan kelib chiqib yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.
Endilikda O‘zbekiston Hukumati a’zolari va boshqa mansabdor shaxslar jurnalistlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berib boradilar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi