13:38 / 14.01.2018
6 396

"OVIR borida pul ishlab olish kerak" (video)

"ОВИР борида пул ишлаб олиш керак" (видео)
Blogger Mirzo Subxanov Samarqand viloyatidagi xorijga chiqish uchun OVIR vizasini olishdagi qiyinchiliklar haqida yozdi.OVIR vizasini tugatilishiga oz muddat qolgan bo‘lsada, bu orada chetga chiqish taraddudida bo‘lgan fuqarolar aziyat chekishmoqda. Mirzo Subxanovning guvoxlik berishicha Samarqanddagi OVIR vizasini rasmiylashtirish bo‘limida suniy ravishda navbat ko‘paytirilmoqda.

“Toshkent shahrining har bir tumanida alohida OVIR rasmiylashtirish imkoni bor. Ammo, Samarqand viloyatida holat qanday?

Samarqand viloyatida doimiy ro‘yxatda bo‘lgan 2,5mlndan ortiq aholiga faqat bitta manzilda OVIR rasmiylashtirish mumkin, hujjatlar esa haftasiga faqat uch kun, u ham bo‘lsa kuniga to‘rt soatdan qabul qilinishi belgilangan.

Buning natijasida qabul kunlarida juda uzun navbatlar vujudga kelmoqda.
Navbat va sarsongarchiliklar bor joyda albatta tanish bilishchilik va korrupsiya bo‘ladi.” – deb yozadi blogger.

Mirzo Subxanov OVIR olishdagi muammolarni shaxsan boshdan kechirganlarini bayon etadi.

“El qatori navbatda turib hujjatlarimizni topshirdik va 15 kundan so‘ng natijasi bo‘yicha murojaat etganimizda: «OVIRingiz tayer emas, bir oydan keyin keling» - deb javob berildi.

Holat yuzasidan o‘zini Jasur deb tanishtirgan mas’ul xodimning aytishicha OVIR 15 kunda berilishi qonun bilan belgilangan bo‘lsada, ko‘p hollarda «qo‘shimcha tekshiruv» talab qilinar va hozirda bir oyda «Toshkentdan javob» kelayotganini aytdi.

Bir oy o‘tib OVIR uchun topshirilgan pasportni qaytarib olganimizda firibgarliklar ochildi:
Qo‘limizga bir oydan so‘ng topshirilgan pasportdagi OVIR muxri 15 kun oldin bosilgan ekan.
Boshqa fuqarolarning OVIR stikerini tekshirganimizda ham huddi shunday holat.

OVIR 15 kun ichida berilgan, lekin Migratsiya bo‘limi xodimlari faqat bir oydan so‘ng pasportlarni egalariga tarqatgan.
Qog‘ozda 15 kunda-yu, hayotda bir oyda!” –yozadi blogger.

“Bu holat mansabdor shaxslarning o‘z moddiy manfaatini ko‘zlab uyushtirayotgan sarsongarchilikdan boshqa narsa emas.
Xorijiy davlatlarda, qiyinchiliklarga chidab, iqtisodiyotimiz uchun foyda keltirayotgan odamlarni axmoq qilish adolatdan emas.” – deya fikr bildirgan Mirzo Subxanov voqea joyidan videotasvir ham joylagan.

“Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sharofatlari bilan bu sarsongarchiliklar ham tarixga aylanib qolmoqda.
Ungacha, OVIR borida pul ishlab olish kerak!” -Mirzo Subxanov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "OVIR borida pul ishlab olish kerak" (video)