3 924
AQSh elchisi Abdulaziz Komilovni "prezident jamosidagi eng muhim odamlardan biri" deb atadi
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen «Amerika ovozi» teleradiosiga bergan intervyusida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni prezident jamoasidagi muhim kishilardan biri sifatida sanadi.
Muxbir elchidan Mirziyoyevning atrofidagi odamlarni qanday baholashi, uning jamoasi qanchalik kuchli ekani haqidagi fikrlarini so‘ragan.
«An’anaviy komanda va unda eski davrdan qolganlar bo‘lsa-da, muhim odamlar bor. Ularning borligidan minnatdormiz. Tashqi ishlar vaziri, masalan. O‘zbekistonning qo‘shnilari va Afg‘oniston bilan bugungi ochiq va do‘stona siyosatda uning xizmati katta.
Shunday. Tajriba va malakaning ahamiyati katta. Shu bilan birga yangi ovozlar va chehralar ham bor. Sarmoya qo‘mitasida, xususan, yosh raisni ko‘rasiz. Sobiq mehnat vaziri hozir turizm sohasini boshqarmoqda. Yangi odamlar ko‘p. Ularning g‘oyalari quvvatlanishi muhim. Senator Sodiq Safoyevdek maslahatchilar bor, ularning yordami ham muhim. Lekin, bizga ham qiziq: xo‘sh, bu komanda qanchalik katta va Prezident kimlarga tayanmoqda? Quvvatlov qanchalik ishonchli? Prezident berayotgan va’dalar amalga oshishi uchun u atrofidagilarga suyana olishi kerak.
O‘zbekistonga qaytish arafasidaman. O‘zgarishlar to‘xtamaydigan ko‘rinadi va ular davom etishi uchun O‘zbekiston xalqiga va rahbariyatiga kuch va matonat tilayman. Biz O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishni xohlaymiz, bu aniq», deya elchining so‘zlarini keltirgan O‘zA.
Elchi shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning AQSh prezidenti bilan uchrashuvi ehimoli haqidagi savolga javob bergan.
«Shunday katta umid bor va har qanday elchi davlatlarning rahbarlari uchrashishini xohlaydi. Eng oliy darajadagi uchrashuv bo‘lsa, men elchi sifatida jon deyman. O‘tgan oyda Prezidentlar telefonda gaplashdi. Samarali muloqot, ijobiy. Keyingi qadamlar ustida harakat ketmoqda. Vashingtonga tashrif, albatta, eng ajoyib voqea bo‘ladi», degan u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi