O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligi arafasida O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbiri Prezidentning shaxsiy shifokori, Toshkent tibbiyot akademiyasi anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi professori, Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv markazi direktori Vyacheslav Avakov bilan suhbatlashdi.
Professor Islom Karimovni shunday eslaydi:
— Bir safar «Islom Abdug‘aniyevich, nega bizda konvertatsiya yo‘q? Axir boshqa davlatlarda bor-ku!», deb savol berdim. U shunday oddiy va aniq javob berdiki, lol qoldim. O‘shanda «Bilasanmi, bir kun kelib konvertatsiya ham bo‘ladi. Hozir bizning iqtisodiyotimizda muammolar ko‘p. Zavod-fabrikalar qurishimiz kerak. Uning uchun eng zamonaviy uskunalar kerak. Uskunalar esa chetdan valyutada keltiriladi. Agar konvertatsiyani yo‘lga qo‘ysak, biz valyutani maishiy, mayda-chuyda narsalarga ishlatib yuboramiz. Biz valyutani zavod va fabrikalarga sarflashimiz va iqtisodiyotimizni ko‘tarib olishimiz kerak», degandi.
Islom Karimov oqilona va uzoqni o‘ylab ish yuritadigan buyuk inson edi. Mamlakatimizni eng og‘ir damlarda ham oyoqqa turib olishida, iqtisodiyotimizning rivojlanishida, xalqning tinch-osoyishta va farovon hayot kechirishida Birinchi Prezidentimizning hissasi katta, — deya eslaydi professor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi