Islom Karimov fondi Birinchi Prezidentimizning 80 yilligi oldidan u kishi bilan bog‘liq xotiralarni e’lon qilmoqda. Fond tomonidan Birinchi Prezidentning sinfdoshi Ibod G‘afurovning xotiralari taqdim etadi.
«Islom Karimov nafaqat aqlli, zakovatli, ayni choqda, epchil va abjir ham edi. Mening sport bilan shug‘ullanishim, oliy o‘quv yurtida jismoniy tarbiya yo‘nalishida tahsil olishimda ham uning xizmati katta bo‘lgan desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman.
1952 yil may oyi oxirlarida ro‘y bergan bir voqea hech yodimdan chiqmaydi. Hovuz bo‘yidagi o‘rik daraxtining eng yuqori shoxida g‘arq pishgan bir donagina meva qolgan edi. Bir necha marta tosh otib uni tushira olmadim. O‘shanda Islom bunday dedi: “Daraxtga tosh otish yaxshi ish emas. Kel, undan ko‘ra o‘sha o‘rikni olish uchun daraxtga chiqaylik. Kim birinchi bo‘lib chiqsa, meva o‘shanga nasib etadi”. Azim bir daraxt edi… Men bir tomondan, Islom ikkinchi tomondan o‘rikka tirmashib chiqa boshladik. O‘sha kunga qadar o‘zimni tengqurlar orasida eng epchil deb bilar edim, lekin Islom mendan chaqqonroq ekan, ko‘z ochib yumgunimcha daraxt uchidagi shoxga yetib bordi. Bu hayotiy saboq xotiramga muhrlandi…
1955 yil may oyida maktabni tamomladik. O‘sha kezlarda Islom bilan sport inson salomatligini mustahkamlashi, sport tufayli odam ham o‘zini, ham yurtini dunyoga tanitishi mumkinligi xususida ko‘p bora suhbatlashganmiz. Bularning bari jismoniy tarbiya hayotimning ajralmas qismiga aylanishi omili bo‘ldi. Oliy o‘quv yurtini tamomlab, 10- va 21-maktablarda jismoniy tarbiyadan dars berdim. Mashg‘ulotlarda hamisha o‘quvchilarga davlatimiz rahbarining sportga muhabbatini ibrat va namuna sifatida ko‘rsatganman. Hozir ham u kishining ibratli fazilatlari xususida gapirib charchamayman, bundan esa qalbim faxru iftixorga to‘ladi».
Ibod G‘afurov
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi