17:32 / 17.01.2018
9 647

Samarqandda YPX xodimini do‘pposlagan mushtumzo‘r aniqlandi (video)

Samarqandda YPX xodimini do‘pposlagan mushtumzo‘r aniqlandi (video)
2018 yilning 14 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan avtomobil haydovchisi o‘rtasida bo‘lgan janjal holati aks etgan videotasvir joylashtirilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ushbu holat tezkorlik bilan o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi Ishtixon tumanida yashovchi U.D.E. yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, avtomashinani boshqargan.

Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qonuniy talablariga itoat qilmasdan harakatni davom ettirib, yo‘ldagi tirbandliklardan o‘tib ketish imkoniyati bo‘lmaganidan majburan to‘xtagan. Ushbu joyga yetib kelgan YPX xodimlari haydovchi U.D.E.dan avtomobil salonidan spirtli ichimlik xidi kelgani tufayli ruldan tushib hujjatlarni taqdim qilishini so‘ragan.

Shu vaqt avtomashina salonida o‘tirgan Qo‘shrabot tumanida yashovchi yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi T.S.A. (1992 yilda tug‘ilgan) YPX katta inspektori Sh.M. oldiga kelib, hech bir sababsiz unga musht tushirgan va oyoqlari bilan tepgan. Voqea joyiga naryad chaqirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ekspertiza xulosalariga asosan, haydovchi U.D.E. spirtli ichimlik iste’mol qilgani va katta inspektor M.Sh.U.ga tan jarohati yetkazib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga itoat qilmagani uchun to‘plangan materiallar qonuniy hal qilinishi uchun prokuratura organlariga yuborildi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda YPX xodimini do‘pposlagan mushtumzo‘r aniqlandi (video)