
Xalq tilida “Toshturma” nomi bilan tanish bo‘lgan Toshkent shahridagi 1-sonli tergov izolyatori Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga ko‘chirilmoqda. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashrining internet saytida xabar berildi, deb yozadi Qalampir.uz.
Xabarda ma’lum qilinishicha, “Toshturma”da ayni damda mahbuslar uchun ularning yaqinlaridan oziq-ovqat va kiyim-kechaklarni qabul qilish to‘xtatilgan, 20 nafar nazoratchi qolgan, xolos. Qabul bir haftadan keyin, ya’ni yangi manzilga ko‘chish ishlari tugagach, tiklanishi aytilmoqda.
Qayd etilishicha, oxirgi vaqtda “Toshturma”da saqlangan mahbuslar soni 2500 kishini tashkil etgan. Zangiota tumanidagi yangi bino sakkiz blokdan iborat bo‘lib, yuqoridan qaralsa, yulduz shaklini eslatadi.
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi tergov izolyatori to‘qqiz blokdan iborat o‘ziga xos yulduz shaklidagi majmuadir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar