14:21 / 19.01.2018
6 558

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifni pillaxonadan boshladi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifni pillaxonadan boshladi
Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifini Termiz tumanidagi "Inter Silk Pro" qo‘shma korxonasiga qarashli pillaxona bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda Xitoy texnologiyasi asosida innovatsion usulda pilla yetishtirilib, qayta ishlash tarmoqlariga yetkazib berilmoqda.

Shu yerning o‘zida viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, issiqxonalar, anorzorlar, yong‘oqzorlar, intensiv bog‘ va tokzorlar, kovrak va pista plantatsiyalari, baliqchilik va parrandachilik komplekslari tashkil etish, yer o‘lchashda uchuvchisiz aviatsiya tizimidan foydalanish kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Davlat rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifni pillaxonadan boshladi