
2018 yilning 19 yanvar kuni soat 22:23da «Toshkent-Sharqiy» aerodromiga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy havo kuchlarining «IL-76» maxsus harbiy-transport samolyoti bortida, joriy yilning 18 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyati «Chimkent-Samara» avtomobil yo‘lining 1068 km.da avtobusning yonishi natijasida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari olib kelindi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hozirda shaxslarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, yongan avtobusda taxminan bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati e’lon qilinmoqda.




Fuqarolardan mazkur ro‘yxatda keltirilgan shaxslar yoki avtobus ichida bo‘lgan boshqa fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lganlardan FVVning (+998 71) 147-10-50 va (+998 71) 212-67-00 «Tezkor raqamlari»ga qo‘ng‘iroq qilish so‘raladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar