21:24 / 20.01.2018
7 216

Sobiq xodimi: "Gulnora Karimova xayriya ishlariga yirik kompaniyalarni qanday jalb qilar edi?"

Собиқ ходими: "Гулнора Каримова хайрия ишларига йирик компанияларни қандай жалб қилар эди?"
Avvalroq, Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan, 2013 yilning noyabr oyida faoliyatini tugatgan O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi jamg‘armasida ishlagan xodimaning “Asia Terra” portaliga intervyu bergani haqida xabar bergan edik.

3 yil Gulnora Karimova rahbarligidagi faoliyat yuritgan xodimaga ko‘ra, Karimova xayriya loyihalarini amalga oshirishni xush ko‘rgan. Buning uchun katta korxonalar, nomi chiqqan kompaniyalarni jalb qilgan. Tashkilotlar esa ushbu tadbirlarga taklif etilish, ishtirokchilardan biri sifatida qatnashish, albatta, Gulnora Karimovaga yaqin bo‘lish maqsadida yirik mablag‘larni fond hisobiga o‘tkazgan.

Xodima Gulnora Karimovaning AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan, ammo qoldirilgan modalar namoyishi haqida ham so‘z ochgan. Uning ma’lum qilishicha, Karimovaning modalar haftaligidagi ishtirokiga taqiq qo‘yilgach, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasiga minglab xatlar yozilgan.

“O‘shanda butun forumchilar AQSh elchixonasiga uni qo‘llab-quvvatlab xat yozishga majbur bo‘lganmiz. Biz bu xatlarda uni qanday loyihalarni amalga oshirayotgani, oltin, brilliantlar bilan qanday tikuvchilik qilayotganini aytib maqtashimiz kerak bo‘lgan... Biz nafaqat o‘z nomimizdan, balki Petya, Kolya, Vasya... kim duch kelsa o‘shaning nomidan xat yo‘llaganmiz. Xatlarda biz o‘zimizni volontyorlar sifatida tanishtirib, hammasini ko‘ryapmiz, bilib turibmiz deb yozgandik”, deydi ismini sir tutgan xodima.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning iyul oyida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha to‘liq rasmiy ma’lumotni e’lon qilgan edi. Unda qayd etilishicha, hozirda 12 ta xorijiy davlat hududida 1 mlrd 394,1 mln AQSh dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi mablag‘ legallashtirilgan.

Keyinroq, Gulnora Karimovaning Shveysariyada 784 million AQSh dollari, ya’ni 800 million Shveysariya franki muzlatildi.

2017 yilning 21 dekabr kuni AQSh butun dunyo bo‘ylab korrupsiya, inson huquqlarini poymol qilganlikda gumon qilingan bir qator kishilarga nisbatan sanksiya e’lon qildi. Sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan kishilar ichida Gulnora Karimovaning nomi ham keltirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq xodimi: "Gulnora Karimova xayriya ishlariga yirik kompaniyalarni qanday jalb qilar edi?"