6 497
[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-01/1516626214_00.png[/img] Poytaxtda ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga bir kub metr uchun 100 so‘m miqdorida maxsus ustama hajmi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent hokimining 12 yanvardagi qaroriga ta
Poytaxtda ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga bir kub metr uchun 100 so‘m miqdorida maxsus ustama hajmi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent hokimining 12 yanvardagi qaroriga tayanib xabar qiladi «Gazeta.uz».
Nashrning eslatib o‘tishicha, o‘tgan yili tashkil etilgan Turar joy-kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbalari sifatida ichimlik suvi xizmatlari tariflariga maxsus ustama belgilash ham kiritilgan edi.
«Hujjatda ushbu ustama aynan qaysi iste’molchilar guruhi uchun ekani ko‘rsatilmagan, bundan mazkur ustama ichimlik suvi xizmatlaridan foydalanuvchi barcha iste’molchilarga majburiy ravishda qo‘llaniladi, degan xulosaga kelish mumkin», — deb yozadi Norma.
Shunday qilib, hisoblash uskunasi bo‘lgan taqdirda iste’mol qilingan har kub metr sovuq suv narxi fuqarolarga 600 so‘mga (xabar e’lon qilingan sanada tarif — 1 kub metr uchun 500 so‘m) aylanadi.
Hisoblash uskunasi bo‘lmagan taqdirda to‘lov oshirilgan 1,5 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda hisob-kitob qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi