1. Eng siyqasi chiqqan sabab – maqsadlar aniq qo‘yilmagan.
Oramizda hali ham maqsadlarni aniq rejalashtirish mumkinligini bilmaydigan insonlar bor. Bu muammoning asl negizi – tarbiyada. Agar oilada oldiga maqsad qo‘yish rejalashtirilmasa, farzand “qanday bo‘lsa shunday yashash“ shabloniga ko‘nikadi.
2. Maqsadlar noto‘g‘ri qo‘yilgan: noaniq, mujmal, maqsadga erishish muddati aniq belgilanmagan, aniq reja yo‘q. Bu yerda insonlarning maqsad sari qo‘ygan jamiki xatolari mujassamlashgan.
3. Insonlar maqsadga erishib bo‘lmaydi deb o‘ylashadi.
Orzulari haqiqatdan juda yiroqda, puch va ushalmas bo‘lib tuyiladi. Oldiga maqsad qo‘yishdan cho‘chishadi. «Ushalmas orzular deb o‘zimni aldab nima qildim, baribir o‘xshamaydi…». Shu tariqa o‘zlaridagi bor imkoniyat va ishonchni “o‘ldirishadi“.
4. Maqsad sari harakat qilishadi, lekin unga yetisha olishiga ishonishmaydi.
Ular o‘zlarini har xil bahona va vajlar bilan aldashadi. «Menda bu maqsadlar uchun yetarli darajada imkoniyat yo‘q …», «Qo‘limdan kelmaydi…», “Sharoitimga to‘g‘ri kelmaydi… ».
5. O‘z orzu niyatlariga munosib ekanliklariga ishonishmaydi.
Har kim ham o‘z maqsadlariga erishishi mumkin, lekin buning uchun o‘zini munosib hisoblamaydi. «Men hech kimga kerak emasman…», «Men bunga loyiq emasman, chunki…», “Menga nimadir yetishmaydi, men shu omadsizlikka loyiqman… ». Shu kabi bahonalar bilan o‘zini chalg‘itadi.
6. Shunchaki maqsad sari «yurish» qilishmaydi.
Odatda buning uchun dangasalikni bahona qilib ko‘rsatishadi. Dangasalik-bu sabab emas, bu – xulosa. O‘zini yolg‘on taskinlar bilan tinchlantirish, go‘yoki orzular o‘z o‘zidan ushalishi kerakday.
7. Yetarlicha xohish istakning yo‘qligi.
Maqsadlar quyidagi formatda qo‘yiladi. «Xohlardim…», «Istagan bo‘lardim…». Ushbu ishonchsizlik va qat’iyatsizlik orzular parvozini yo‘qqa chiqaradi. Har birimizda mavjud bo‘lgan cheksiz imkoniyatlarni bloklab qo‘yadi. Siz chin dildan istagan istaklargina ijobat bo‘ladi!
8. Qat’iyatli qarorlardan ko‘ra o‘zni oqlash, bahona va ma’suliyatsizlik.
Insonlar o‘ziga bo‘lgan past bahoni yashirish maqsadida omadsizlik va jur’atsizliklarini oqlashga urinishadi. Afsuski bu faqat vaziyatni og‘irlashtiradi. Har qanday qiyinchilikka tik boqib, oldinga harakat qilish zarur.
9. Ko‘pchilik maqsadlarini so‘nggi natijasini ko‘z oldiga keltirmaydi.
Kecha ro‘y bergan oddiy bir holatni ko‘z oldingizga keltiring. Endi esa qilishingiz mumkin bo‘lgan lekin qila olmagan ishingizni eslang. Endi esa bu ikki holatning o‘zaro farqiga e’tibor bering. Qay biri sizni o‘ylantiryapti? Bo‘lib o‘tgan ishmi yoki bajarilmay qolgani? O‘tib ketgan vaziyat uchun kuyinar ekansiz – nimaiki maqsad qilmang u natijasiz qolaveradi.
10. Qo‘rquv.
Harakatlar natija bermasligidan hadiksirash. “Shuncha harakatim zoye ketsachi… » Aynan shu qo‘rquv sizni maqsad sari yo‘ldan chalg‘itadi. Ichingizdagi qo‘rquvni yenga olsangizgina nimagadir erisha olasiz.
Mambetova Shahnoza tayyorladi.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi