17:20 / 25.01.2018
12 792

Rasmiy xabar: tanasidan 16ta igna topilgan chaqaloq tirik (foto)

Rasmiy xabar: tanasidan 16ta igna topilgan chaqaloq tirik (foto)
Tanasidan 16ta igna topilib, keyingi haftada ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘lgan farg‘onalik 11 oylik chaqaloq ayni vaqtda tirik. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi «Kun.uz»ga ma’lum qildi.

Vazirlik 24 yanvar kuni ushbu chaqaloq vafot etgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu chaqaloq bilan bog‘liq vaziyat Farg‘ona viloyati prokuraturasi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.
Ayni vaqtda chaqaloqning ahvoli og‘irligicha qolmoqda, shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida istiqomat qilayotgan yosh oilaning 11 oyli chaqalog‘i tanasidan 16 dona igna topilgani xabar berilgandi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga keltirilgan bola tezkorlik bilan jarrohlik stoliga yotqizilgan. Ignalardan 13 tasi olib tashlangan. Bu po‘lat jismlar go‘dak tanasida 2 oy muqaddam paydo bo‘lganligi aniqlangan. Ta’kidlanishicha, barcha ignalar tanada turlicha joylashgan: ularni chaqaloqning yo‘g‘on ichak qismida, siydik qopi, ko‘krak qafasida, bolaning bo‘yin qismida, umurtqa pog‘onasida, yurak ostida topilgan. Shifokorlarning fikricha, 11 oyli chaqaloq hech qachon buncha ko‘p metallni yutib yuborishi mumkin emas, qolaversa, qizilo‘ngach va oshqozonda hech qanday yirtiq alomati topilmagan. Birgina farazni ilgari surish mumkin, ignalar tana tashqarisidan, ongli ravishda teriga tiqilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rasmiy xabar: tanasidan 16ta igna topilgan chaqaloq tirik (foto)