22:50 / 26.01.2018
11 349

Uy-joyni "propiska"siz rasmiylashtirish amalda qachondan boshlanadi?

Уй-жойни "прописка"сиз расмийлаштириш амалда қачондан бошланади?
«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi bo‘lmagan fuqarolar ikkilamchi bozorda ko‘chmas mulk xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ko‘pchilik bu yangilikni eshitishi bilan uy-joy kadastr hujjatlari bilan notariuslar huzuriga oshiqmoqda. Aynan shu masala bo‘yicha telefon qo‘ng‘iroqlarining ham oxiri ko‘rinmayapti. Odamlar Davlat dasturi tasdiqlanishi bilan birovning nomida bo‘lgan uyini o‘z nomiga o‘tkazishga yoki o‘z nomiga uy-joy sotib olish bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirish boshlanishi haqida so‘rashmoqda.

Xo‘sh, Toshkentda uy-joyni propiskasiz rasmiylashtirish tartibi qachon ishga tushadi?

— Davlat dasturi yil davomida amalga oshiriladigan amaliy ishlar, qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar aks ettirilgan yirik hujjatdir, — deydi Adliya vazirligi qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i Xudoyor Meliyev O‘zAga bergan intervyusida.

— Davlat dasturining 56-bandida ko‘rsatilgan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirishga oid ishlar bo‘yicha Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari mas’ul qilib belgilangan.

Mazkur band bo‘yicha 2018 yil 20 martgacha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi. Bu loyihalar joriy yilda amalga oshiriladigan ishlarga oid Davlat dasturida belgilangani uchun ham shu yilning o‘zida qabul qilinishi mumkin. Mazkur hujjatlar kuchga kirganidan keyin amaliy ishlarga kirishiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uy-joyni "propiska"siz rasmiylashtirish amalda qachondan boshlanadi?