17:24 / 27.01.2018
6 009

Okto’be fojiasining navbatdagi tafsilotlari: Omon qolgan avtobus haydovchisining qarindoshlari uning beayb ekanligini ta’kidlashmoqda

Okto’be fojiasining navbatdagi tafsilotlari: Omon qolgan avtobus haydovchisining qarindoshlari uning beayb ekanligini ta’kidlashmoqda
Okto’be fojiasidan omon qolgan haydovchilardan biri Maksat Pernebekovning qarindoshlari shahar sudiga ikkinchi bor tashrif buyurishdi. Ayni paytda ular avtobus haydovchisiga doir sud qarorini kutish bilan band.

Ular birinchi bor haydovchi kasalxonada yotgan payti kelgan edilar, ammo ularni Pernebekovning yoniga qo’yishmagandi. Endilikda Pernebekov qo’lga olinganidan xabar topgan qarindoshlar qaytadan Okto’bega yetib kelishdi.

“Maksat aybdor emas, u sharoit qurboni bo’lgan. Uning omon qolganidan xursandmiz va uni tirik qolgani uchun sud qilishlarini istamaymiz. Barchasini sinchkovlik bilan hal qilishadi deya umid qilamiz. Kelganimizdan beri bizga hech qayerda hech narsani tushuntirishmayapti, matbuot xizmati vakillari bilan gaplashmasligimiz kerakligi aytilyapti” dedi Maksatning opasi.

Qarindoshlarining aytishicha, avtobus haydovchisining 3 nafar farzandi bor va oxirgi yillarda kirakashlik bilan shug’ullangan. U haydagan avtobus esa tez-tez ta’mirga muhtoj bo’lib turgan va buning uchun haydovchining o’zi pul to’lagan.

Xabarda aytilishicha, Pernebekovning opasi uning hodisa payti rulda bo’lmagani va uhlab ketayotgani sabab ukasining aybdor emasligi haqida aytmoqda.

Eslatib o’tamiz, ayni paytda fojiadan omon qolgan Maksat Pernebekov, Barat Tanatov va Nurjan Kyrgizbayevlar kasalxonadan chiqishlari bilan darhol qo’lga olinganlar. Ularga qarshi avtobusning yonib ketishiga doir chinoiy ish qo’zg’atilgan.

Shuningdek falokatdan omon qolgan ikki nafar yurtdoshimiz hali ham Okto’beda. Yonib ketgan avtobusning asosiy haydovchisi esa Maksat Pernebekov bo’lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Okto’be fojiasining navbatdagi tafsilotlari: Omon qolgan avtobus haydovchisining qarindoshlari uning beayb ekanligini ta’kidlashmoqda