Buxoro shahrida yashovchi 45 yoshli Lochina Halimova halol mehnat bilan osoyishta hayot kechirish o‘rniga nopok yo‘lni tanladi. Bir necha ayolning ishonchiga kirib, ularni aldov yo‘li bilan xorijga jo‘natdi.
Maqsad bitta - ojizalarni fahsh ishlarga undab, boylik orttirish. Lochinaning yaxshigina daromadli ishlarga joylashtirish to‘g‘risidagi va’dalariga ishongan soddadil ayollar bu sarob ekanini keyin tushundi. Xullas, nomuslari poymol etilib, tahqirlandi.
Lochina bu qilmishlarining jazosi borligini bilardi. Shuning uchun ham O‘zbekistonga qaytmadi. 2011 yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashirinib yurdi.
Lekin, nihoyat, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining tezkor xodimlari sa’y-harakati bilan qo‘lga olinib, xorijdan O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.
Endi Lochina jirkanch ishlari uchun qonun oldida javob beradi.
Odamfurush ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)