14:20 / 01.02.2018
8 428

Toshkent viloyatidagi uyda Afrika sheri saqlangani aniqlandi (video)

Toshkent viloyatidagi uyda Afrika sheri saqlangani aniqlandi (video)
Toshkent viloyatidagi uylardan biridan noqonuniy ravishda qafasda ushlab turilgan Afrika sheri aniqlandi.

“Tutzor” manzilgohida joylashgan uyda saqlangan sher bolasi 8 oylik bo‘lgan. Jonivor xususiy korxonalardan biriga tegishli ekani aytilgan, ammo sherni olib kelish va saqlash huquqini beruvchi hujjat taqdim etilmagan.

“O‘zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatilgan reportajda Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi hududiy inspeksiyasi vakilining aytishicha, jonivor och holatda o‘ziga mos bo‘lmagan sharoitda ushlab turilgan. Uning tumshug‘i singan. Yarim metrlik qafasda saqlangan, shu sabab ham yovvoyi hayvon harakatlana olmagan.

Ayni paytda Afrika sheri Toshkent hayvonot bog‘iga keltirilgan. Bu yerda unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, tergov harakatlari ham boshlangan.

Aytish kerakki, O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlangan, ularni olib kelish yoki olib chiqish Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.

Jonivorlar kontrabandasi uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin. Jonivorlarga qo‘pol munosabatda bo‘lish, ularni qiynaganligi uchun esa eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida jarima belgilanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatidagi uyda Afrika sheri saqlangani aniqlandi (video)