12:50 / 02.02.2018
10 162

Dunyoni zabt etgan marjumak

Dunyoni zabt etgan marjumak
Masalliqlar: 150 g marjumak yormasi, 250-300 g qiyma, 1 ta piyoz, 2 osh qoshiq pomidor pastasi, 2 ta sarimsoq tishchasi, 1 ta sabzi, 2-3 qoshiq o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanishi: Marjumak yuviladi, yog‘langan tovada quritiladi. Mayda to‘g‘ralgan piyoz, qiyma va yirik qirg‘ichda qirilgan sabzi oltinrang tusga kirgunicha qovuriladi. Pomidor pastasini qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi.

Qiyma va sabzavotlarga marjumak qo‘shiladi. Marjumakning usti botar-botmas qilib qaynagan suv solinadi. Tuzi rostlanadi. Qozonning qopqog‘ini yopib, past olovda dimlanadi. Marjumak pishgach, mayda to‘g‘ralgan sarimsoq solinadi. Ta’bga ko‘ra, dimlash vaqtida dafna yaprog‘i va murch solish mumkin.

Manba: tasvir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyoni zabt etgan marjumak