Toshkent shahar IIBB tomonidan poytaxt mehmonlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida, shaharda “maxsus patrul” guruhlari tashkil etildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu guruhlar zamonaviy kiyim-kechak, maxsus anjom va texnika vositalar bilan ta’minlandi.
“Maxsus patrul” guruhlari tomonidan shahar fuqarolari hamda chet eldan kelgan mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, poytaxtning “Toshkent vokzali”, “I.Karimov Xalqaro Aeroporti” va “Mustaqillik maydoni” ob’ektlarida xizmat olib borishlari yo‘lga qo‘yildi.
Zamonaviy uyali telefon vositasiga yuklangan “Transleyter” dasturiy tizimi yordamida, mehmonlar bilan chet tillarda ovozli tarjima orqali muloqot qilish hamda “Navigator” dasturiy tizimidan foydalangan holda poytaxtimizning turli manzillari va joylari yuzasidan elektron xarita orqali ma’lumotlar taqdim etib yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas