Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shohrux G‘iyosov ushbu boshqarma nima bilan shug‘ullanishi, zimmasiga qanday ustuvor vazifalar yuklatilgani, vazirlikning xorijiy sheriklar bilan hamkorligini takomillashtirish doirasida nima ishlar qilinayotgani borasida gapirib berdi.
— Bu yil uchun maqsad va rejalarimiz bisyor. Bu, birinchidan, qo‘shnilarimiz bilan hamkorlikni rivojlantirish. Bilasizmi, jinoiy qidiruv xodimlarida bir shior bor: «jinoyatchilikning millati va chegarasi yo‘q», — deydi Sh.G‘iyosov. — Shuni hisobga olgan holda, bugungi kunda bizda Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistondagi hamkasblarimiz bilan idoraviy Muvofiqlashtiruvchi guruhlar tashkil etilgan. Natijalar esa hayratga solarli. Masalan, o‘zbek xalqini dahshatga solgan voqea, ya’ni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida sodir etilgan Omonovlar oilasi a’zolari, jumladan, ikki voyaga yetmaganning vahshiyona o‘ldirib ketilishi bilan bog‘liq hammaga ma’lum rezonans jinoyat. Ushbu og‘ir va vahshiyona jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs respublikamiz fuqarosi Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali uchinchi davlatlarda odil sudlovdan qochishga uringan. Aynan mana shu idoraviy guruhning ishi jinoyatchini tezkorlik bilan, benuqson ravishda qo‘lga tushirishga yordam berdi.
Uning qayd etishicha, ayni damda Qirg‘iziston, Turkmaniston, Belorussiya, Ozarbayjon va kelajakda Afg‘oniston, Pokiston va Turkiya kabi davlatlar bilan shu kabi guruhlarni tuzish masalalari o‘rganilmoqda.
— Ikkinchidan, bu — xorijning ijobiy tajribasini tizimli o‘rganish, — davom etadi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i. — Biz politsiya faoliyatini va huquq-tartibot tizimida joriy etilgan yangiliklarni kompleks tarzda o‘rganish maqsadida Koreya, Yaponiya, Isroil kabi bir qator davlatlarga mutaxassislarimizdan tashkil topgan delegatsiyalarni jo‘natishni rejalashtirganmiz. Bundan tashqari, xorij politsiyasi va o‘quv yurtlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni maqsad qildik. Ushbu yo‘nalish respublika ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha islohot jarayonida o‘ta muhim modda hisoblanadi. Ayni damda bizda Akademiya va Yong‘in xavfsizligi instituti hamda Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy davlatlarining bir qator politsiya oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida tuzilgan kelishuvlar mavjud. Biz joriy yilda Ozarbayjon, Belorussiya, Koreya, Xitoy, Yaponiya oliy o‘quv yurtlari, shuningdek, kelajakda Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyaning politsiya o‘quv yurtlari bilan shu kabi kelishuvlarni ishlab chiqish va imzolashni rejalashtirganmiz. Bu kadr tayyorlash bo‘yicha tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va amaliyot o‘tashi orqali hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi