O‘zbekistonda go‘sht-sut mahsulotlari narxlarini bir me’yorda ushlab turish maqsadida yog‘-moy korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan chorva ozuqasini birja savdolari orqali, birinchi navbatda, bozorlarga arzon narxlarda go‘sht yetkazib bergan fermer va dehqon xo‘jaliklariga ajratish tartibi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mas’ullari O‘zAga ma’lum qildi.
Qoraqo‘lchilik xo‘jaliklariga ham kuz-qish mavsumida omuxta yem mahsulotlari birja savdolari orqali imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 yanvardagi “Yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi qaroriga muvofiq, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab texnik paxta chigiti istisno tariqasida o‘simlik moyi ishlab chiqaradigan, zamon talablariga javob beradigan texnologiyalarga va yuqori malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan korxonalarga birja savdolari orqali sotilmoqda.
Bu, birinchi navbatda, ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini va xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar