11 599
5 yashar qizning jasadi qonga belangan holda topildi. Uning o‘limi kimga kerak bo‘ldi?
So‘nggi 1-2 kun ichida ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Telegram messenjeri orqali 4-5 yoshlardagi qizaloqning qonga belangan jasadi aks etgan fotosurati tarqalib ketdi. Bu suratdan keyin turli xavflardan ogohlantiruv sifatida shov-shuvli gaplar ham “bolaladi”.
Ma’lumotlarga qaraganda, voqea Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yuz bergan. Suratdagi qizning jonsiz tanasi 6 fevralga o‘tar kechasi “Oqbo‘yra” qishlog‘idan topilgan.
5 fevral kuni tumandagi 6-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hamshirasi M.Qodirova soat 16:00 da o‘zining ikki farzandi bilan birga kelinining 5 yoshli qizi Kibriyoxonni ham olib ketgan.
Qizaloqning ota-onasi ishlash uchun Turkiyaga ketgan. Kibriyo esa II guruh nogironi bo‘lgan buvi va buvasining qaramog‘ida bo‘lgan.
Hamshira avvaliga Kibriyoxonni buvisiga qo‘ng‘iroq qilib, bolalarni olib ketishini aytgan. Keyin esa uchala bolani uyidan 50 metr uzoqlikdagi masofada qoldirib, o‘z ishi bilan ketgan vaqtida 30-35 yoshlardagi erkak kelib, bolalarni olib ketgan.
Velosipedda kelgan erkak bolalarga shirinlik olib berish bahonasida ularni o‘zi bilan ergashtirib ketgan. Bolalarning ikkalasini orqa, yana birini esa old o‘rindiqqa o‘tqazgan. Ko‘chaning oxiriga kelganida esa erkak bolalarni qoldirib, faqatgina Kibriyoxonni o‘zi bilan olib ketgan.
Kibriyoning buvisi hamshiraga qo‘ng‘iroq qilib, nevarasi kelmaganligi aytgach, oradan 2 soat vaqt o‘tib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.
Hozirda bu voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Fotosuratlarda qizning qorin qismi yorilgani aks etgan. Bundan tashqari, bo‘yin va yuzi ham qonga belangan holda topilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir zumda jajji bolakaylarning ichki organlarini sotish maqsadida yosh bolalarni o‘g‘irlab yurgan bir guruh jinoyatchilar paydo bo‘lganligi haqidagi ogohlantiruvlar tarqala boshladi. Isbot sifatida Kibriyoxonning fotosuratlari ham joylashtirilmoqda.
Ayrim manbalarda qayd etilishicha, tekshiruvlar natijasida qizaloqning barcha organlari joyida ekanligi aniqlangan.
Hozircha rasmiylar bu voqea yuzasidan bayonot berishmadi. Ulardan aniq ma’lumotlarni kutib qolamiz.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi